01.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Inter – Venetsiya: Italiya Kubogi prognozi (04.12.2025)

Inter – Venetsiya: Italiya Kubogi prognozi (04.12.2025)

4 dekabr, payshanbaga o‘tar kechasi soat 01:00 da O‘zbekiston vaqti bilan Milan shahridagi «Juzeppe Meattsa» stadionida Internatsionale Italiya Kubogining 2025–2026 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichi doirasida Venetsiyani qabul qiladi. Mezbonlar turnirga aynan shu bosqichdan kirishmoqda, mehmonlar esa Mantovani 4:0 hisobida mag‘lub etib, Veronani 0:0 dan keyingi penaltilarda yengib shu bosqichga yetib kelishgan.

Inter – Venetsiya kubok uchrashuvida bukmekerlar mehmonlar uchun deyarli imkon qoldirmayapti. «Neradzurrilar»ning asosiy vaqtdagi g‘alabasiga 1.11, chorak finalga chiqishiga 1.02 taklif etilmoqda. «To‘q sariq-qora-yashillar» uchun esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 38.00 va 13.50. 2.5 dan yuqori — 1.50, ya’ni uchrashuvda ko‘p gol kutilmoqda, ammo gol urish asosan mezbonlar tomonidan bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Ikkala jamoa gol urishi — 2.44.

Inter

Kristian Kivu tarkibda rotatsiya o‘tkazishi va Lautaro Martines, Hakan Chalxanog‘lu, Nikolo Barella kabi asosiy o‘yinchilarga dam berishi mumkin. Denzel Dyumfris jarohat olgan. 1/8 final hali tarkibni «ikkinchi eshelon» futbolchilari bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bosqich.

Inter so‘nggi haftalarda A Seriya hamda Chempionlar Ligasida ochko yo‘qotib, biroz qoqilmoqda. Madrid Atletikosidan keyingi mag‘lubiyat ortidan endi inglizlarning Liverpool jamoasiga qarshi bahs kutmoqda. A Seriyada bu hafta raqiblar kuchsizroq bo‘lsa-da, ochko olish majburiy. Taqvim esa haddan tashqari zich — haftasiga ikki uchrashuvlik rejim davom etmoqda.

Venetsiya

Jovanni Stroppa shogirdlarining ahvoli ancha barqaror. Venetsiya ikkinchi divizionda ketma-ket uch g‘alaba bilan yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Jamoa Sеriya B peshqadamlari bilan katta farq qilmayapti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri A Seriyaga qaytish uchun kurashish imkoniyatiga ega. Klub yaxshi hujum ko‘rsatmoqda, ammo himoyada muammolar yetarli. Milan giganti qarshisida esa deyarli butun o‘yinni himoyada o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.

Statistika va o‘zaro o‘yinlar

2021 yildan buyon jamoalar to‘rt bor to‘qnash kelgan va barcha o‘yinlarda Inter g‘alaba qozongan. Venetsiya faqat bir bor gol urgan, qolgan uch uchrashuvda «neradzurrilar» quruq hisobda g‘alaba qilgan. Biroq yirik hisoblar bo‘lmagan — eng katta farq 2:0.

Prognoz

Jamoalar o‘rtasida kuch jihatdan katta farq bor. Biroq Inter odatda Venetsiyani yirik hisoblarda mag‘lub etmaydi, bir yoki ikki gol bilan cheklanadi. Qolaversa, murakkab taqvim sababli favoritning maksimal kuch bilan o‘ynashi ham shubhali. Shu bois Venetsiyaning +2.5 forasiga ma’qul: 1.64.