10.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Mets – PSJ: Liga 1 prognozi (13.12.2025)

Mets – PSJ: Liga 1 prognozi (13.12.2025)

13 dekabr kuni soat 23:00 da O‘zbekiston vaqtida Metsdagi “Sen-Simfor’yen” stadionida mahalliy Mets jamoasi Fransiya Liga 1ning 2025–2026 yilgi mavsumidagi 16-tur doirasida Parij Sen-Jermen klubini qabul qiladi. Mezbonlar elita divizioniga qaytgach hali o‘z o‘yinini topa olgani yo‘q va 11 ochko bilan turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida bormoqda. Mehmonlar esa 33 ochko to‘plagan holda odatdagidan past — ikkinchi o‘rinda, peshqadamga aylangan Lansdan keyinda bormoqda.

Mets – PSJ uchrashuvida bukmekerlar prognozi mezbonlar uchun deyarli imkon qoldirmaydi. “To‘q bordo ranglilar” g‘alabasi 10.20 bilan, durang 6.30 bilan, “qizil-ko‘klar”ning g‘alabasi esa 1.26 bilan taklif etilmoqda. Uchrashuv ancha yuqori darajadagi samaradorlikda o‘tishi kutilmoqda: 2.5 dan yuqori — 1.36, “ikkala jamoa gol uradi” varianti esa 1.71.

Mets

Oktyabr oxiri — dekabr boshida Stefan Le Menyan shogirdlari birdaniga ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi. Hatto Lansni ham 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Go‘yo Liga 1 ritmiga moslashgandek tuyulgandi. Ammo bu holat uzoq davom etmadi. Mets yana ketma-ket uchta mag‘lubiyatga uchradi va jadvalning eng oxiriga qaytdi. Jamoa hozircha chempionatning eng yomon himoyasiga ega — 15 turdan keyin gollar nisbati 15:34. Uy o‘yinlaridagi ko‘rsatkich biroz yaxshiroq — 5:7, biroq raqib — motivatsiyasi yuqori amaldagi chempion.

PSJ

Luis Enrike jamoasi murakkab taqvimdan — ayniqsa, UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlaridan toliqib ulgurgan. Kutilmaganda atigi bitta mag‘lubiyat parijliklarni peshqadamlikdan mahrum qildi. Endi autsayderlarga qarshi uchrashuvlarda ochko yo‘qotish mumkin emas. Barcha bahonalar bekor. Shunga qaramay, Pary Sen-Jermen Liga 1da eng ko‘p gol uradigan va eng kam gol o‘tkazadigan jamoa bo‘lib qolmoqda: 15 turdan so‘ng 32:12.

Statistika va o‘zaro o‘yinlar

2021 yildan beri jamoalar besh bor o‘zaro bahslashgan va PSJ har safar g‘alaba qozongan. Bu davrda parijliklar hech qachon Metsi ikki tadan kam gol bilan mag‘lub etmagan.

Prognoz

Mehmonlar Chempionlar Ligasi uchrashuvidan charchagan bo‘lishi mumkin, shuningdek rotatsiya ham ehtimoldan xoli emas. Biroq Mets himoyasi Liga 1 talabiga mos kelmaydi. Prognoz — PSJ -1.5 gandiсap, 1.68.