10.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Ayntraxt – Augsburg: Bundesliga prognozi (13.12.2025)

Ayntraxt – Augsburg: Bundesliga prognozi (13.12.2025)

Shanba kuni, 13 dekabr soat 19:30da Frankfurtning “Deutsche Bank Park” stadionida mahalliy Ayntraxt Germaniya Bundesligasining 2025–2026 yilgi mavsum 14-tur uchrashuvida Augsburg jamoasini qabul qiladi. Mezbonlar 21 ochko bilan 7-o‘rinda, mehmonlar esa 13 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

Bukmekerlar Ayntraxt – Augsburg uchrashuvida aniq ustunlikni mezbonlar foydasiga bermoqda. “O‘rallar” g‘alabasiga 1.71, durangga 4.18, “fuggerlar” g‘alabasiga esa 4.40 taklif etilgan. 2,5 dan ko‘p natija 1.58 bilan baholangan — bu Bundesligaga xos o‘rtacha natijadorlikni anglatadi. Ikkala jamoa gol urishi varianti esa 1.61 koeffitsiyentga ega.

Ayntraxt

Dino Toppmöller jamoasi hozir to‘rt o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyada. Yevropa maydonida ham ishlar yurishmayapti: Chempionlar Ligasi doirasida uyda Atalantaga 0:3, safarda esa Barselonaga 1:2 hisobida yutqazildi. Besh turdan keyin atigi bitta ochko — yanvar oyida pley-off uchun kurashishda juda zaif asos. Bundesligada esa vaziyat unchalik yaxshi emas: avval Wolfsburg bilan 1:1 durang, so‘ng safarda RB Leyptsigdan og‘ir 0:6 mag‘lubiyat. Ayni shu natija sabab klubning gol farqi salbiy ko‘rinishga ega — 28:29. Hozirda Ayntraxt liga bo‘yicha eng ko‘p gol o‘tkazayotgan jamoa hisoblanadi.

Augsburg

Jamoa vaqtincha murabbiy Manuel Baum qo‘l ostida harakat qilmoqda — yaqinda Sandro Vagner iste’foga chiqarildi. Ammo agar Baum navbatdagi bir necha o‘yinda ham o‘tgan turdagi kabi natija ko‘rsatsa, ya’ni Leverkuzenning Bayer jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etsa, ehtimol lavozimda uzoqroq qoladi. Augsburg hozircha tushib ketish bosqichidan atigi ikki ochqoga uzoqlashgan. 13 turdan keyin jamoa 17 gol urgan va 27 ta gol o‘tkazgan. Safarda esa ko‘rsatkichlar 8:12. Mehmon sifatida o‘tkazilgan oltita o‘yindan faqat bittasida g‘alaba, to‘rttasida esa mag‘lubiyat qayd etilgan.

Statistika va o‘zaro o‘yinlar

2022 yildan beri jamoalar yetti bor to‘qnash kelgan. G‘alabalar bo‘yicha kichik ustunlik Ayntraxt tomonida — 2:1. Bu uchrashuvlarning oltitasida ham ikkala jamoa gol urgan. O‘tgan mavsum ikki uchrashuv ham durang bilan yakunlangan: Frankfurtida 2:2, Ausburgda 0:0.

Prognoz

Ayntraxt favorit bo‘lsa-da, jamoaning himoyasi juda beqaror. O‘zaro o‘yinlar tarixi shuni ko‘rsatadiki, Augsburg “o‘rallar” darvozasiga gol urishni biladi. Eng mantiqli variant — “ikkalasi ham gol uradi” tanlovi.

Optimal stavka: ikkala jamoa gol uradi — 1.61.