05.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Latsio – Bolonya: Seriya A prognozi (07.12.2025)

Latsio – Bolonya: Seriya A prognozi (07.12.2025)

7 dekabr, yakshanba kuni soat 22:00 da O‘zbekiston vaqtida Rimdagi «Stadio Olimpico» arenasi 14-tur uchrashuviga mezbonlik qiladi. Latsio 18 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida, Bolonya esa 24 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Turnirdagi bu yaqin masofani inobatga olgan holda, bukmekerlar Latsio – Bolonya uchrashuvida raqiblar imkoniyatini deyarli teng baholamoqda. Latsio g‘alabasi 2.60, durang 3.05, Bolonya g‘alabasi esa 2.95 bilan taklif etilmoqda. 2.5 dan yuqori bo‘lishiga 2.45 berilgani o‘yinda yuqori natijadorlik kutilmayotganini bildiradi. Har ikki jamoa gol urishiga qo‘yilgan garov esa 2.05 bilan baholangan.

Latsio

Mauritsio Sarri hali jamoani Italiya chempionatining kuchli oltiligiga qaytara olgani yo‘q. So‘nggi turda «burgutlar» safarda «Milan»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchrashuv oxirida o‘yinchilar va murabbiylar penaltini talab qilishdi, ammo VAR qarori bilan jarima belgilanmadi. Sarri va futbolchilar e’tiroz sifatida matbuotga chiqishdan bosh tortdi.
Bunday vaziyat jamoani ruhlantirishi ham mumkin, ammo hozircha Latsio hujumda yuqori darajani ko‘rsatolmayapti — 13 turda atigi 15 gol. Biroq uy o‘yinlarida ko‘rsatkich ancha yaxshi: 6 uchrashuvda 12 gol. Demak, Rimdagi o‘yinlarda jamoa oldinga intilishda faolroq.

Bolonya

Vinchenzo Italiano boshqaruvidagi Bolonya mavsumni juda ishonchli boshlagan, ham chempionatda, ham Yevropa Ligasi bahslarida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. Ammo dekabr boshidagi uy uchrashuvi kutilmagan zarba bo‘ldi — jamoa «Kremoneze»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlarga qaramay, faqat bitta gol urildi.
Bu natija noodatiy, chunki Bolonya mavsum davomida yaxshi samaradorlik ko‘rsatib kelmoqda: 13 turda 22 gol urilgan, 11 gol o‘tkazilgan. Bu borada ulardan faqat «Inter» o‘tib ketgan. Safarda ham jamoa ishonchli ko‘rinadi — 7 o‘yinda to‘plar nisbati 12:7.

Statistika va o‘zaro uchrashuvlar

2022 yildan beri jamoalar 8 bor to‘qnash kelgan, ularda ustunlik Latsio tomonida — 4:3. O‘tgan mavsumda Rimda Latsio 3:0 hisobida g‘alaba qozongan, biroq Bolonyadagi o‘yin 5:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlangan.

Prognoz

Bukmekerlar bu juftlikdan yuqori natijadorlik kutmayapti, ammo o‘zaro o‘yinlar ko‘pincha juda keskin o‘tadi. Shu bois natijadorlik emas, balki o‘yin dinamikasiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.

Optimal stavka: Burchak zarbalari totali 8 dan yuqori (1.54).