04.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

RB Leyptsig – Ayntraxt: Bundesliga prognozi (06.12.2025)

RB Leyptsig – Ayntraxt: Bundesliga prognozi (06.12.2025)

6 dekabr kuni soat 22:30 da O‘zbekiston vaqtida Germaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan RB Leyptsig – Ayntraxt uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bukmekerlar mezbonlarni yaqqol favorit sifatida ko‘rishmoqda. Keling, jamoalarning hozirgi formasini ko‘rib chiqamiz va ushbu o‘yinga prognoz beramiz.

RB Leyptsig

Leyptsig o‘tgan turda safarda «Borussiya» Menxengladbaxga qarshi durang o‘ynadi, ammo baribir turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni saqlab qolmoqda va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun qulay zaxiraga ega. Birinchi o‘rin uchun kurash hozircha real emas — «Bavariya» raqiblarga umuman imkon qoldirmayapti, ustunlik sakkiz ochkogacha yetdi. Endi asosiy maqsad – kuchli to‘rtlikda mavsumni ishonchli yakunlash. Kelayotgan tur esa bevosita raqibga qarshi muhim uy o‘yini bo‘lib, stadion omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Jamoaning eng samarali futbolchisi bo‘lib turgan Kristofer Baumgartner hozirgi mavsumda 5 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Ayntraxt Frankfurt

Frankfurt klubi oltita turdan buyon mag‘lub bo‘lmayapti, biroq ko‘plab duranglar sababli Chempionlar Ligasi zonasida mustahkam joy egallashning iloji bo‘lmayapti. Bir vaqtning o‘zida Bundesligada va Chempionlar Ligasida o‘ynash jamoa resursiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa barqarorlikka erishishni qiyinlashtiradi. Hujum chizig‘ida esa ayni damda e’tibor markazida bo‘lgan futbolchi — Jonatan Burkardt, u joriy mavsumda 8 ta gol bilan jamoaning asosiy to‘purari bo‘lib turibdi. Biroq hujumchi jarohat tufayli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Statistika va o‘zaro uchrashuvlar

Oxirgi beshta o‘zaro bahsda tenglik kuzatilgan — har ikki jamoa ikki martadan g‘alaba qozongan, yana bir o‘yin durang bilan yakunlangan. Shuningdek, so‘nggi to‘rt uchrashuvning barchasida 2.5 dan yuqori bo‘lgan.

Prognoz

RB Leyptsig – Ayntraxt uchrashuvida prognozni natijador o‘yin foydasiga beramiz. Har ikki jamoa ham hujumkor o‘ynaydi, tezkor o‘tishlar va yuqori pressing ularga ko‘p gol yaratish imkonini beradi.

Optimal stavka: Birinchi taym totali 1.5 dan yuqori (2.11).