03.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Benfika – Sporting: Portugaliya chempionati prognozi (06.12.2025)

Benfika – Sporting: Portugaliya chempionati prognozi (06.12.2025)

6 dekabr kuni soat 01:15 da O‘zbekiston vaqti bilan Portugaliya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan Benfika – Sporting uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu Portugaliyadagi eng kutilgan qarama-qarshiliklardan biri — o‘tgan mavsumda barcha ichki sovrinlar aynan shu ikki klub o‘rtasida hal bo‘lgandi. Bukmekerlar raqiblarni deyarli teng kuchga ega deb baholashmoqda. Keling, jamoalarning joriy formasini ko‘rib chiqamiz va prognoz beramiz.

Benfika

«Burgutlar» tig‘iz o‘yinlar davriga a’lo kayfiyatda kirib keldi: atigi sakkiz kun ichida jamoa uchta safar g‘alabasini qo‘lga kiritdi, ular orasida Ajaksgа qarshi muhim g‘alaba ham bor — bu natija LCh pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Primeyra-ligada Benfika uchinchi o‘rinda borayotir va peshqadamlardan uzoqlashmayapti: Sportingdan uch, Portudan olti ochko ortda. So‘nggi turda Joze Mourinyo shogirdlari xarakter ko‘rsatib, Nasyonaldan 2:1 hisobida irodali g‘alabani tortib oldi. Eng muhimi — Benfika hali chempionatda biror marta mag‘lub bo‘lmadi. Biroq muhim yo‘qotishlar ham bor: Lukebakio, Ba, Arauj, Bruma jarohat sabab maydonga tusha olmaydi.

Sporting

«Sherlar» undan ham kuchli ritmda ketmoqda — jamoa ketma-ket to‘rtta g‘alaba qayd etdi. Ayniqsa, Chempionlar Ligasida Bryugge ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba e’tiborga molik, bu natija Ruy Borjes jamoasini umumiy reytingda top-8 ichiga olib kirdi. Primeyra-ligada Sporting Portudan atigi uch ochko ortda, faqat bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan — u ham bo‘lsa «draxonlar»ga qarshi. So‘nggi turda jamoa Estrela Amadorani 4:0 hisobida yanchib tashladi. Ayniqsa, safar o‘yinlari hayratlanarli — jamoa bu mavsumdagi barcha oltita safar uchrashuvida g‘alaba qozongan. Ammo jarohatlar ham ko‘p: Pedro Gonsalves, Ioannidis, Debast, Bragansa maydonga tusha olmaydi.

Statistika va o‘zaro o‘yinlar

Uchrashuvlar doimo keskin o‘tadi: so‘nggi besh bahsning natijalari — har ikki jamoa bittadan g‘alaba, uchta durang.

Prognoz

Benfika – Sporting uchrashuvida prognozni mezbonlar foydasiga beramiz. «Burgutlar» o‘z maydonida juda qaysar o‘ynaydi. Mourinoning kuchli raqiblarga qarshi ehtiyotkor va pragmatik yondashuvini inobatga olsak, yuqori natijadorlik kutish qiyin.

Stavka: Benfika yutqazmaydi + 3.5 dan past — 2.00.