02.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Boxum – Shtutgart: Germaniya Kubogi prognozi (03.12.2025)

Boxum – Shtutgart: Germaniya Kubogi prognozi (03.12.2025)

3 dekabr, chorshanba kuni soat 22:00 da O‘zbekiston vaqti bilan Boxumdаgi «Vonovia Ruhrstadion» arenasida mahalliy klub Germaniya Kubogining 2025–2026 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichi doirasida Shtutgartni qabul qiladi. Mezbonlar avvalgi bosqichlarda Berlin Dinamosini 3:1 (qo‘shimcha vaqtdan so‘ng) va Augsburgni 1:0 hisobida mag‘lub etishgan. Mehmonlar esa penaltilar seriyasida Braunshvaygni ortda qoldirdi (asosiy vaqt 3:3, qo‘shimcha vaqt 4:4), shuningdek Mayntsni 2:0 hisobida yenggan.

Boxum – Shtutgart uchrashuvida bukmekerlar prognozi to‘liq mehmonlar tarafida. «Qat’iylar»ning asosiy vaqtdagi g‘alabasiga 6.45, chorak finalga chiqishiga 4.30 taklif etilmoqda. «Shvablar» uchun bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1.43 va 1.22. Bahs natijador bo‘lishi kutilmoqda: 2.5 dan yuqori — 1.43, ikkala jamoa gol urishi — 1.60.

Boxum

O‘tgan mavsum Bundesligadan tushib ketganidan so‘ng jamoa hali ham o‘ziga kelolmagan ko‘rinadi. Ikkinchi Bundesligadagi start juda sust bo‘ldi va klub oktyabr oyidayoq bosh murabbiyini almashtirishga majbur bo‘ldi. Jamoani 57 yoshli mutaxassis Uve Resler qabul qilib oldi va hozircha uning asosiy vazifasi — jamoani yanada chuqur inqirozga kiritmaslik.

Yangi murabbiy qo‘l ostidagi dastlabki besh o‘yinda Boxum to‘rtta g‘alabaga erishdi, jumladan, kubokda Augsburg ustidan qozonilgan muhim g‘alaba ham shular jumlasidan. So‘ng mag‘lubiyat qayd etildi, ammo baribir jamoa pasayish zonasidan asta-sekin uzoqlasha boshlagani ijobiy hol.

Shtutgart

Sebastyan Xenes boshqaruvidagi Shtutgart mutlaqo boshqa darajada o‘ynayapti. «Shvablar» Bundesligada top-5 ichida, shuningdek, UEFA Yevropa Ligasida mamlakat sharafini himoya qilmoqda va qulay sharoitda sakkizlikka kirishi ham mumkin.

Shuningdek, Shtutgart Germaniya Kubogining amaldagi g‘olibi ekanini eslab o‘tish joiz. O‘tgan mavsum finalda ular Arminiya Bilefeldni 4:2 hisobida mag‘lub etishgan. Garchi yo‘l unchalik murakkab bo‘lmagan bo‘lsa ham, bu yutuqning ahamiyati kamaymaydi.

Statistika va o‘zaro o‘yinlar

2022 yildan buyon jamoalar yetti bor to‘qnash kelgan. G‘alabalar sonida Shtutgart 5:1 hisobida ustun. O‘tgan mavsum Boxum safarda 0:2, uyda esa 0:4 hisobida yutqazgan.

Prognoz

Shtutgart odatda Boxumga qarshi o‘yinlarda kamida ikki gol uradi. Jamoalarning hozirgi holatini inobatga olsak, sinf farqi yaqqol seziladi. Shuning uchun Shtutgartning individual totaliga — 2 dan yuqori, 1.63 — tikishni ma’qul ko‘ramiz.