01.12.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Napoli – Kalyari: Italiya Kubogi prognozi (03.12.2025)

Napoli – Kalyari: Italiya Kubogi prognozi (03.12.2025)

3 dekabr, chorshanba kuni soat 22:00 da O‘zbekiston vaqti bilan Neapoldagi «Diego Armando Maradona» stadionida mahalliy Napoli klubi Italiya Kubogining 2025–2026 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichi doirasida Kalyarini qabul qiladi. Mezbonlar turnirga aynan shu bosqichdan qo‘shilmoqda, mehmonlar esa Entellani 1:1 dan keyingi penaltilarda, shuningdek Frozinoneni 4:1 hisobida mag‘lub etib, bu bosqichga yetib kelishdi.

Napoli – Kalyari uchrashuvida bukmekerlar mezbonlarni ravshan favorit sifatida ko‘rishmoqda. «Partenopiyaliklar»ning asosiy vaqtdagi g‘alabasiga 1.40, chorak finalga chiqishiga esa 1.16 berilgan. «Sardiniyaliklar» uchun esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 9.95 va 5.30. Mutaxassislar o‘yindan ko‘p gol kutmayapti: 2.5 dan yuqori — 2.11, ikkala jamoa gol urishi — 2.36.

Napoli

Antonio Konte jamoasi murakkab taqvimning o‘rtasida qolgan — Boloniya, Atalanta, Roma, Yuventusga qarshi o‘yinlar birin-ketin kelmoqda. Yana ular orasida Chempionlar Ligasi bahslari ham bor. Dekabr o‘rtalarida esa Milan bilan Italiya Superkubogi uchrashuvi kutib turibdi. Shu fon’da Kalyariga qarshi kubok o‘yini jamoa uchun eng ustuvor vazifa emasligi aniq.

O‘tgan mavsum «ko‘klar» aynan 1/8 finalda musobaqani tark etishgan, biroq o‘sha paytda raqib ancha kuchli — Latsio edi. Bu safar esa Konte tarkibda jiddiy rotatsiya o‘tkazishi kutiladi, chunki asosiy futbolchilarni tig‘iz o‘yinlarda dam oldirish shart.

Kalyari

Fabio Pizakane shogirdlarida taqvim muammosi yo‘q, ammo natijalar dahshatli. 1/16 finaldagi g‘alabadan so‘ng jamoa chempionatda ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bunday sur’at bilan tushib ketish zonasiga yaqinlashish hech gap emas.

Shu bilan birga, jamoa mutlaqo sust o‘ynamayapti. O‘tgan hafta Yuventusga qarshi o‘yinda «sardiniyaliklar» birinchi bo‘lib gol urishga ham muvaffaq bo‘lishdi. Lekin barqarorlik va mahorat yetishmaydi — kuchli jamoalarga qarshi teng kurash olib borish qiyin.

Statistika va o‘zaro o‘yinlar

2022 yildan beri jamoalar olti bor uchrashgan. Napoli to‘rt marta g‘alaba qozongan, ikki uchrashuv durang bilan tugagan. Joriy A Seriya mavsumida Neapolda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Prognoz

Napolining ushbu tig‘iz taqvim fonida motivatsiyasi qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Ammo jamoa darajasi minimal ustunlik uchun yetadi. Shu sabab kombinirovka qilingan variantni ma’qul ko‘ramiz: Napoli asosiy vaqtda g‘alaba qozonadi va umumiy 3.5 dan past bo‘ladi — 1.86.